Rossiya milliy valyutasi kursi yaqin orada tuşişni boşlaydi. Bloomberg agentligi tomonidan ötkazilgan sörovda javob bergan tahlilçilar, iqtisodçilar va treyderlar şunday fikrda. Yil boşidan beri rus rubli 14 foizga kötarilgan, ammo ekspertlarning başoratlariga tayangan agentlikning bildirişiça, Rossiya valyutasi yil oxirigiça erişgan natijasining qariyb yarmini boy berişi ham mumkin.
Tarix ham rublga qarşi guvohlik bermoqda, deydi Amerikaning moliyaviy axborotlar agentligi. Sönggi 12 yil mobaynida Rossiya rubli may oyida pasayib kelgan. Aksariyat tahlilçilarning fikriça, rublning yangi qulaşi neft narxining arzonlaşuvi bilan boğliq böladi. Ularning taxmin qilişlariça, bir dollar 70 rublgaça kötarilişi mumkin. Umuman sörovda 35 nafar ekspert iştirok etgan.
«Biz yaqin orada neft kotirovkalari turğun bölişiga işonmaymiz. Rubl kursi esa neft narxiga bevosita boğliqdir», — deb qayd etgan UBS Group AĞning rivojlanayotgan bozorlardagi investitsiyalar böyiça direktori Xorxe Mariskal. UBS başorati — 3 oydan söng dollar kursi 73 rublga teng böladi.
«Neft narxining bir maromga kelişi keçikiş bilan amalga oşadigan hodisadir, ayni şu jarayon boşlanişi bilan rubl kursining may oyi ikkinçi yarmidan pasayişini kuzatamiz», — deydi «Veles Kapital» kompaniyasi direktori Yevgeniy Şilenkov.
Sputnik Asset Management ijroçi direktori Aleksandr Losev, öz navbatida, may oyining rubl uçun 3ta xatarini sanab ötgan. Bular neft narxi, kapitallarning çiqib ketişi va Rossiya markaziy bankining zaxiralarni töldiriş maqsadida xorijiy valyutani sotib olişidir.
Ayni çoğda Rossiya rubli rasmiy kursi 1 dollar 66,45 rubl, 1 yevro — 76,31 rubl sifatida belgilangan.







