Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi UZPAYNET MÇJ QKning operatorlar — öz xizmatlari uçun tölov qabul qiluvçilar uçun qöllaniladigan tariflarini örganib çiqdi. Qömita matbuot xizmati xabariga köra, tekşiruvlar natijasida operatorlarning ba'zi toifalariga nisbatan tariflar qöllaşda diskriminatsion şartlardan foydalaniş holatlari aniqlandi.

Kompaniyaning internet va boşqa xizmatlar uçun  tölov qabul qilişda uşlab qolinadigan pul miqdori esa örtaça 10 foizni taşkil etadi (4,5 foizdan 15 foizgaça).

Mobil aloqa, şahar telefon aloqasi va kommunal xizmatlar böyiça tölov qabul qilişda uşlab qolinadigan pul miqdori tölov summasining 4,5 foizidan oşmaydi.

Qömita UZPAYNET kompaniyasiga nisbatan şartnomaga diskriminatsion şartlar kiritiş böyiça iş qözğadi va unga raqobat haqidagi qonunçilik talablarini buzişni töxtatiş va yöl qöymaslik haqida buyruq berildi.

Xabarda aytilişiça, UZPAYNET monopoliyaga qarşi kuraşuvçi qömita talablarini bajargan va narxlar siyosatini qayta körib çiqqan.