Davlat raqobat qömitasi respublika içki bozorlarida asosiy iste'mol tovarlari örtaça narxlarining 2017-2018 yillardagi özgarişi töğrisida soliştirma ma'lumotni taqdim etdi.
Ma'lumotga köra, turğun savdo şoxobçalarida şu yilning 30 oktabr holatiga qolipli non (500-600 gr) narxi 1060 sömni taşkil etgan. 2017 yilning oktabrida xuddi şunday non narxi 650 sömga teng bölgan.
Xorijdan keltirilgan oliy navli unning bir kilogrammi ötgan yil oktabrida 3435 söm bölsa, ötgan oyda 3325 sömni taşkil etgan. Arzonlaşiş tendensiyasi 1-navli import un misolida ham kuzatilgan – 2017 yil oktabrda bunday unning bir kilogrammi 2925 söm, şu yil oktabrda esa 2825 sömga teng bölgan. Aksinça, 1-navli mahalliy un narxi qimmatlaşgan – bir kilogrammi 1750 söm (2017 yil oktabrda 1050 söm).
Xorijdan keltiriladigan ösimlik yoği (2017 yilda bir litri 10680 söm, şu yil oktabrda 10430 söm), şakar (5250 sömdan 4860 sömga) ham arzonlaşgan.
Ma'lumotda keltirilişiça, iste'mol bozorlarida ötgan oyda bir dona tuxum narxi 590 söm bölgan (2017 yil oktabrda 500 söm).
Guruç esa ötgan yilning oktabriga nisbatan roppa-rosa ikki baravarga qimmatlaşib, bir kilogrammi 7250 sömni taşkil qilgan.
Mol va qöy göştlari 2017 yil oktabrda mos ravişda bir kilogrammi 28900 va 29600 sömga teng bölgan, ötgan oyda esa 36700 va 37250 sömni taşkil etgan.
Tovuq göşti esa ötgan yilning şu davriga nisbatan arzonlaşgan – bir kilogrammi 16430 söm (2017 yil oktabrda 18750 söm).
Kartoşka (3000 söm), piyoz (1875 söm) arzonlaşgan bölsa - mos ravişda 2380 söm va 1015 söm, sabzi 1600 sömdan 2065 sömga, pomidor 1580 sömdan 4450 sömga qimmatlaşgan.












