Kembrij universiteti olimlari dunyodagi eng kiçik dvigatelni yaratişdi. Ularning aytişiça, bu dvigatelni nanorobotlarda, jumladan tibbiyot maqsadlarida inson tanasiga kiritiladiganlarida qöllaş mumkin böladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.  

Dvigatelning yaratilgan prototipi "harakatga keltiruvçi nanoözgartirgiç" deb nom oldi va u vazn birligiga istalgan zamonaviy motor yoki muşakdan 10 barobar köproq harakatlantiruvçi kuçni işlab çiqaradi.

"Odamlar ança yildan beri nanorobotlar paydo bölişi haqida gapirib keladilar, biroq ular hanuzgaça mavjud emas. Nimaga? Şungaki, ayni vaqtgaça ularni suyuq muhitda harakatlanişga majbur qilişning usuli yöq edi. Bu xuddi qiyom orqali suzişga öxşaydi, biroq nano ölçamda, çunki molekulalar örtasidagi tortişi kuçi juda yuqori", deb aytdi olimlardan biri Jyeremi Bomberg.

Olimlar yaratgan dvigatelda diametri 0,06 mikronga teng oltin nanozarraçalari bölib, bu ölçam inson soçi enining taxminan mingdan biriga teng.

Ba zarraçalar gelsimon polimer pNIPAM’ga ega suvga joylaştirilgan. Harorat Tselsiy böyiça 32 gradusdan yuqoriroqqa yetganda, oltin zarraçalar polimer bilan molekulalararo tortişiş yordamida ziç yopişadilar. Harorat 32 gradusdan tuşganda, polimer suvni keskin tortib olib, kengayadi, oltin zarraçalar esa prujina kabi bir-biridan itariladi. 

Ayni vaqtda haroratni nazorat qiliş uçun lazerlar işlatilmoqda, biroq ularni boşqa asboblar bilan almaştiriş mumkin. Ötiş harorati (32 gradus) ham özgartirilişi mumkin.