Eron bir keça-kunduzda 3,8 mln. barrel neft qazib oliş niyatida, deb xabar qilmoqda RNS agentligi Bloombergga asoslangan holda.

Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma'lumotlariga köra, Eron Ğarb sanksiyalari joriy qilingunça bir kunda 3,5–3,7 mln. barrel neft qazib olgan. 
Aprel oyi örtalarida Eron neft qazib oliş körsatkiçini sanksiyalargaça bölgan davr darajasiga olib çiqiş rejasi haqida ma'lum qilgan edi.

Şu bilan bir vaqtda, Eron neft vaziri Bijon Namdor Zangane Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan uçraşişi xabar qilinmoqda. Ular OPeKning iyun oyiga belgilangan majlisidan avval neft sohasida fikr almaşişadi.