Google korporatsiyasi foydalanuvçining köziga töğridan-töğri implantant qilinuvçi linza-kompyuterga patent çiqardi. 

Patentda optik kuç bilan sozlanuvçi linza haqida gap boradi. Qurilma "energiya töplovçi antenna"dan oziqlanadi, uni köz gavhariga örnatişga töğri keladi.

Linza GPS, LTE va NFC signallarini uzatişi mumkin va köriş bilan boğliq muammolari bölgan kişilarga yordam beradi. 

Bundan avval Samsung kompaniyasi foydalanuvçining köz kosasi oldida displey va kamerani joylaştiruvçi kontakt linzalar işlab çiqarmoqçiligi töğrisida ma'lum qilgandi.