«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Lui van Gaal «qizil iblislar» jamoasi muxlislariga qarata oçiq xatini yölladi. U öz maktubida keyingi mavsumda ham jamoani boşqarişda davom etişi haqida ma'lum qilgan. Bungaça 64-yoşli hollandiyalik uşbu mutaxassis mavsum yakunida jamoani tark etişi, uning örniga «MYu» futbolçilarini portugaliyalik Joze Mourino şuğullantira boşlaşi haqida xabarlar berilgandi.
«Şubha qilmaymanki, «Mançester Yunayted»da dunyodagi eng zör muxlislar bor, jamoaning muxlislarga bölgan hurmatini alohida ta'kidlaş mumkin. Men bor kuçim bilan jamoaga foyda keltiriş uçun işlamoqdaman, lekin birinçi navbatda siz muxlislarni xuşnud etişni istayman. «Mançester Yunayted»ning barça futbolçilari jamoani avvalgi maqomiga qaytariş uçun bor kuçi bilan mehnat qilmoqda. Bu yölda sizlarning ham yordamingiz muhim örin tutadi.
Men bilamanki, jamoani qaytadan tuziş jarayoni örtaça 3 yil talab etadi. Lekin men buni 2 yilda uddalaşga urindim. Rahbariyat menga 3 yillik şartnoma tuzişni taklif qilgandi, holbuki men şartnomani 2 yilga tuzmoqçi bölgandim. Şunday qilib 3 yillik şartnoma tuzilgan. Şunday ekan, keyingi mavsumda ham biz birga bölamiz», – deya van Gaalning maktubidan iqtibos keltiradi Goal portali.
Eslatib ötamiz, van Gaal 2014 yilda jamoa boşqaruviga kelgandi.
Ayni vaqtda «Mançester Yunayted» 60 oçko töplagan holda APL turnir jadvalida 5-örinni egallab turibdi.










