Ispaniya poytaxti Madrid şahrida kelgusi yilda gastronomik kutubxona oçiladi. Bu haqida TASS muxbiriga Madrid meri Manuela Karmena ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, "yaqin orada Ispaniya poytaxtining juda körkam tarixiy markazida gastronomik kutubxona oçiladi".
"Bu butun dunyo gastronomiya hamda ovqatlanişga oid savollariga kitoblardan javob topa oladigan joy böladi", - dedi mer.
U markaz doirasida ovqatlaniş böyiça saboq beriluvçi maxsus restoranlar oçilişini ta'kidladi.
Karmenaning ma'lum qilişiça, mazkur kutubxonada har bir boş oşpaz "öz retseptlarini taqdim qila oladi".
Mer uşbu markazning Kasa de kampo xiyoboni yaqinidagi qirol Filipp II qurdirgan tarixiy binoda joylaşişini qayd etib ötdi.
Karmena qirollik poytaxti har bir sayyohning hordiq çiqarişi uçun barça imkoniyatlarni yaratişini bildirdi.
"Madrid - tarixiy şahar, u saroylar, muzeylar va boşqa köngiloçar maskanlarga töla. Bizning mehmonxonalarimiz keng tarmoqli. Bu hatto tunda bir özingiz sayr qilişingiz mumkin bölgan juda xavfsiz şahar, şuningdek bu yerda tarnsport tizimi yaxşi yölga qöyilgan", - qöşimça qildi mer.







