Amerikalik repper Paff Deddi (Puff Daddy) kino sanoatida ijod qiliş maqsadida öz musiqiy faoliyatini töxtatişini e'lon qildi. Britaniyaning The Independent gazetasi xabariga köra, u bu haqida amerikaning Cigar Aficionado jurnaliga bergan intervyusida aytib ötgan. Uning mazkur intervyusi jurnalning may-iyun oyidagi sonida çop etiladi. 
«Men söngi albomimni taqdim etib, 100 foiz vaqtimni filmlarni tasvirga tuşirişga bağişlamoqçiman. Oxirgi plastinkamning ommaga çiqişi kareramni töxtatiş uçun eng qulay vaqt deb öylayman», - dedi qöşiqçi öz intervyusida. Xonandaning aytişiça, u ketişdan avval jahon böylab turne ötkazişni rejalaştirmoqda. 
Repper uning yaratgan musiqalari özidan keyin ham maşhur bölişiga umid qilmoqda. «Men uzoq hayot keçiruvçi musiqa yaratganimni bilaman. Men faqat musiqiy çartlarda «osilib» turişim uçun yoki özimni radio orqali tinglaşim uçun köşiq yozmayman»
 Uning sözlariga köra, Maykl Djyekson, Tupak Şakur (Tupac) va Biggi (Biggie) kabi xonandalar vafot etgan bölsada, hanuz öz musiqalari sababli barhayotdir.
2015 yilda Forbes jurnali uni dunyodagi eng badavlat reper deya e'tirof etgan.