Twitter mikrobloglar servisiga egalik qiluvçi kompaniya aksiyalari narxi 3 may kuni bu aksiyalar 2013 yil noyabrda AQŞ fond bozorlarida ilk marta joylaştirilgandan beri rekord darajadagi past körsatkiçga tuşib ketdi. Nyu-York fond birjasida savdo sessiyasi boşlangandan keyin bu körsatkiç 3 foizga, ya'ni 13,9 dollarga tuşib ketdi.
Mutaxassislarning baholaşiça, bu yilning özida Twitter aksiyalari 39 foizga, kompaniyaning hali uzoq bölmagan tarixi davomida esa umuman 65 foizdan köproqqa arzonlaşib ketgan.
Yanvarda kompaniyani birdaniga 4 nafar vitse-prezident tark etdi. Kuzatuvçilarning baholaşiça, Twitter Facebook va Instagram kabi raqobatçilaridan foydalanuvçilar sonini oşiriş böyiça sezilarli ortda qolmoqda.
Twitter’ning faol foydalanuvçilari soni 2015 yilning oxiriga köra, 320 mln ga yaqinni taşkil qilgan, ulardan 80 foizi ijtimoiy tarmoqdan smartfon orqali foydalanadi. Foydalanuvçilar har kuni 500 mln dan ortiq "tvit"lar çop etadilar. Kompaniya xodimlari soni 3,9 ming kişini taşkil qiladi.
Twitter reklama va ma'lumotlarni litsenziyalaşdan daromad oladi. Kompaniyaning 2015 yil natijalariga köra tuşumi 2,218 mlrd dollarni taşkil qilgan (2014 yilga nisbatan 58 foiz ösiş). 2015 yil natijalariga köra kompaniyaning sof ziyoni 521 mln dollarni taşkil qilgan va 9 foizga qisqargan. Kompaniyaning bozordagi kapitallaşuvi 2016 yil mart oyiga köra 12,1 mlrd dollarni taşkil qilgan (2013 yilda kompaniya 26 mlrd dollarga baholangan).
21 mart kuni kompaniya özining taşkil bölganining 10 yilligini nişonladi.







