Grotesque studiyasining direktori Azamat Şomuzafarov özining blogida özbek pasportining yangi dizaynini joylaştirdi.
Dizaynning öziga xos jihati - muqova ustida dunyo xaritasining çizmasi tuşirilgan bölib, Özbekiston çegarasi unda ajralib turadi. Şuningdek, pasportda davlat gerbi ham tasvirlangan.
“Avvaliga men davlat gerbini muqovadan olib taşlagan edim. Biroq fikrimni özgartirib, uni yana öz joyiga qaytardim. Gerb – davlatning rasmiy logotipi hisoblanib, u hujjatda davlatçilikni aks ettiradi. Bu surat insonga darhol bu yerda qandaydir davlat organlari iştirok etayotgani haqida tuşunib olişiga yordam beradi. Mening fikrimça, muqovada UZBEKISTAN sözining katta harflarda yozilişi gerb suratidan köra köproq tuşunarliroq böladi. Albatta, bu şaxsiy fikrim. Barçani birdek işontirişning iloji yöq. Agar kimdir pasport dizaynini özgartirişga bel boğlasa, öz ğoyamni bepul taqdim etgan bölar edim – bu men uçun katta şaraf”, - deydi dizayn muallifi Azamat Şomuzafarov.
Muqova siyohrangda bölib, Özbekistonning xaritada ajralib körsatilişi insonlarga mamlakatimiz dunyoning qaysi nuqtasida joylaşganini darhol tuşunib yetişlariga imkon beradi. Hozirda mazkur ğoya foydalanuvçilar va malakali dizaynerlar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Suratlar manbasi: Vot.uz







