500 yevrolik qoğoz pul muomaladan çiqariladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqdagi qaror 4 may kuni Yevropa markaziy banki yiğilişida qabul qilindi. Qarorga köra, uşbu qoğoz puli 2018 yilgaça muomaladan çiqariladi.
Bu çora markaziy bankning bu qoğoz puli yordamida amalga oşiriş mumkin bölgan firibgarlik harakatlari borasidagi xavotirlanişlari bilan boğlangan. Biroq bank bu qoğoz pulni çiqarişni töxtatgani bilan, uni rasmiy tölov vositasi sifatida qoldiradi.
"500 yevrolik qoğoz pullar qolgan qiymatdagi qoğoz pullar kabi özining qiymatini saqlab qoladi va milliy banklarda çeklanmagan muddat davomida almaştirilişi mumkin böladi", deb aytdilar bank vakillari.
Yevropa markaziy banki Germaniya markaziy banki tomonidan e'tirozlarga qaramasdan, qoğoz pul jinoyatçilar va terrorçilar tomonidan öz faoliyatini qöllab-quvvatlaşda foydalanişidan xavotirlanib, 500 yevrolik qoğoz pulni çiqarişni töxtatiş imkoniyatini izladi.
Avvalroq YeMB 500 yevrolik qoğoz pullarni tegişli qonun qabul qilingunga qadar muomaladan çiqarişni boşlagani ma'lum qilingandi.







