10-11 may kunlari Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğaniy Tojikistonga rasmiy taşrif uyuştiradi. 

Ikki tomonlama aloqalarning barça yönalişlarida Afğoniston hamkorligi Tojikiston taşqi siyosatining muhim böğini hisoblanadi. Bu haqda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğaniyning rejalaştirilgan taşrifi oldidan Tojikiston taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.  

Bu Aşraf Ğaniyning 2014 yil oktabrda prezidentlikka saylanganidan keyin Tojikistonga birinçi taşrifi böladi. 

12 may kuni rasmiy taşrif nihosiga yetgaç, Afğoniston prezidenti Tojikiston, Qirğiziston prezidentlari hamda Pokiston boş vaziri bilan birgalikda CASA-1000 energoloyihasi qurilişi boşlaniş marosimida iştirok etadi. 

12 kuni, şuningdek, Afğoniston boş ijroçi vakili Abdulla Abdullaning taşrifi ham kutilmoqda. 

Ikki mamlakatning özaro diplomatik aloqalari 1992 yilning 15 iyulida örnatilgan.