Amerikalik harbiy AQŞ prezidenti Barak Obama ustidan sudga şikoyat qildi. Natan Maykl Smit prezidentning IŞID terroristik guruhiga qarşi yuritayotgan siyosatining qonuniyligi masalasini körib çiqişni söragan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Obama 11 sentabr teraktlaridan söng kongress tomonidan tasdiqlangan “Al-Qoida” terroristik taşkilotiga qarşi kuraşiş hujjati asosida jangarilarni yöq qiliş kampaniyasini yurgizişga haqli ekanini ma'lum qilgan. Biroq köpçilik, ular qatorida Smit ham, AQŞ prezidentining Suriya hamda Iroqda olib borayotgan siyosati uşbu hujjat çegaralaridan çiqqan deb hisoblaydi.
“Suddan harbiy vakolatlar rezolyutsiyasi böyiça, prezident Iroq va Suriyada IŞIDga qarşi kuraşiş uçun u kongressdan tegişli vakolatni olişi zarurligini Obamaga eslatib qöyişni sörayman”, - deyiladi harbiy xizmatçining murojaatida.







