Matbuot anjumanidan söng, britaniyalik boksçi Derek Çisora bolgariyalik boksçi Kubrat Pulev bilan janjallaşib qoldi. Bu haqda Boxingscene.com portali xabar bermoqda.
Matbuot anjumani 3 may kuni Germaniyaning Gamburg şahrida bölib ötgan. Çisora ana'naviy “nigohlar dueli”da raqibining böynidan tortib, uni yiqitmoqçi bölgan. Jangçilarni qöriqçilar ajratib qöygan.
“Men hazillaşmayman. Ğalaba qozoniş uçungina şu yerdaman. Men Pulev uçun şunday tomoşa uyuştiramanki, u buni tasavvuram qila olmaydi. Men uni tan berişga majbur etaman. Uning boksida heç qanday ajablanarli jihat yöq. U hali menga öxşaş boksçi bilan uçraşmagan. Men uni nokoutga uçrataman”, — dedi Çisora.
“U meni qörqita olmaydi. Hozir u istagan gapini gapirişi mumkin, ammo gaplari ringda unga yordam bera olmaydi”, — deb javob qaytargan Pulev.
Ular örtasidagi jang 7 may kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.







