Yevropa Çempionlar ligasi yarim final javob öyinida "Real" jamoasi öz maydonida "Mançester Siti" futbolçilarini qabul qildi.

Dastlabki öyinda hisob oçilmagani uçun jamoalar bahs boşida ehtiyotkor harakat qilişi kutilgandi. Şunday böldi ham. Tanaffusga qadar "Real"da golga tortadigan bitta imkoniyat böldi va ular bundan foydalanişdi. Karvaxal öng qanotdan jarima maydonçasi içidagi Beylga uzatma berdi. Garet öng oyoqda uzatma berayotganida töp Fernandoning oyoğidan rekoşet holatida Jo Xartning ustidan oşib ötib, olis ustunga tekkança, törga borib tuşdi!

Birinçi bölimda Keylor Navas qöriqlagan darvoza ustuni esa mezbonlar foydasiga işladi. Taym tugaşi arafasida Fernandino jarima maydonçasi çiziği ustidan kuçli zarba yölladi. Töp ustunga tegib, maydonni tark etdi. 

Ikkinçi bölimda esa töp nazorati va vaziyatlar yaratiş böyiça ustunlik Zidan şogirdlari tomonida böldi. Burçakdan yetkazilgan uzatmaga Beyl boş bilan zarba berganidan keyin töp tösinga tegib qaytdi.

Öyin söngida "Siti" bosim uyuştirişga harakat qildi, ammo ular raqib mudofaasini yorib ötişga ojizlik qilişdi.

Final 28 may kuni Milan şahrida ötkaziladi.

Bu jamoalar 2014 yildagi finalda ham özaro duç kelişgandi. Öşanda "Real" "Atletiko"ni qöşimça taymlarda 4:1 hisobida mağlub etib, boş sovringa ega çiqqandi.

YeÇL.1/2 final. Javob uçraşuvi. Birinçi öyin - 0:0

"Real" – "Mançester Siti" – 1:0
Gol: avtogol Fernando 20.
Ogohlantirişlar: De Bryuyne 30, Fernando 71, Vaskes 83, Otamendi 90.

"Real": Keylor Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo, Kroos, Modriç ( Kovaçiç 88), Isko ( Xemes 67), Xese (Vaskes 56), Beyl, Ronaldu.

"Mançester Siti": Xart, Klişi, Otamendi, Kompani ( Mangala 10), Sanya, Fernandino, Fernando, De Bryuyne, Yahyo Ture ( Sterling 61), Xesus Navas (Ixeanaço 69), Aguero.