Xitoyning Xunan provinsiyasida qölida 15ta, oyoqlarida 16ta barmoği bor bola dunyoga keldi. Yana çaqaloqning har bir qölida ikkitadan kafti bor va ularning boş barmoqlari yöq. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

Çaqaloqning ota-onasi jarrohlik amaliyoti uçun zarur bölgan 30 ming dollarni töplaşga harakat qilmoqda. Internet orqali ular olti ming dollar töplaşga muvaffaq bölişdi. Şifokorlar bunday katta miqdorda pul talab qilganlariga sabab, ular çaqaloqda boş barmoqlar hosil qilişlari kerak.

Ğaroyib çaqaloqning onasida ham polidaktiktiya alomatlari bor: uning qöl-oyoq barmoqlari oltitadan. 

Polidaktiliya (köpbarmoqlilik) – har beş mingta çaqaloqdan bittasida uçraydigan anatomik özgariş. Odatda ortiqça barmoq bolalikdayoq olib taşlanadi. 

Opra Uinfri va Holli Berri maşhurlar ham “serbarmoq” bölgan. Rekord esa hindistonlik Akşat Saksenga tegişli – uning umumiy hisobda 34ta (yettitadan qöllarida va öntadan oyoqlarida) barmoği bor.