Zapata Racing kompaniyasi asosçisi bölmiş ixtiroçi Frenki Zapata ötgan şanba kuni Ginnes Rekordlar Kitobiga kirdi. U xovebordda 2252 metr uzoqlikka uça oldi (Xoverbord - skeytbordga öxşaş moslama, ğildiraklari örniga ikkita antigraviatori bor).

Buning uçun u özi işlab çiqqan Flyboard Air uçuvçi skeytbordidan foydalandi. Apparat soatiga 150 kilometr tezlikda uçiş va 3 kilometr balandlikka kötariliş imkoniga ega. Yoqilği zaxirasi 10 daqiqalik parvoz uçun möljallangan. 

Frenki Zapataning sözlariga köra, Flyboard Air ustida hali işlov beriş jarayoni davom etmoqda, şuning uçun hozirça unda parvozlar unça katta bölmagan balandlikda va uzoqlikda amalga oşiriladi.

Rekord örnatilayotgan paytda fransuz 50 metr balandlikka kötarildi, uning uçiş moslamasi esa soatiga 70 kilometr tezlikka çiqdi. 

Ötgan galgi rekord parvoz uzoqligi bor-yöği 275,9 metr bölgan. Uni ötgan yili kanadalik Katalin Aleksandr Duru örnatgan edi.