Ma'lumki, HP Pavilion klassik noutbuklari asosan 3 xil körinişda işlab çiqariladi. Ular 14, 15,6 va 17,3 dyuymli ekranlar bilan farqlanadi. Endilikda, işlab çiqaruvçi ularni ayrimlarining qalinligi hamda vazni ajdodlariga qaraganda 11-22 foizga kamaytirilganini ta'kidlamoqda. 

Misol uçun, HP Pavilion 14ning qalinligi 19,5 mm bölgani holda vazni 1,5 kgni taşkil etadi. HP Pavilion 15 esa, 22,5 mmli qalinlikda 1,93 kgga tengdir. Yangiliklarni klaviatura yonidagi böş hududlarga tuşirilgan töğri çiziqlardan ham ajratib olsa böladi. 

Kompaniya HP Pavilionning 2016 yilgi modellari hisoblaş negiziga Intel va AMD çiplarini asos qilib olgan. Birinçi holatda, Skylake avlodining Core i7 çiplarigaça qöllanilsa, ikkinçi rusumida AMDning A12-9700P çiplari haqida söz boradi. 

Albatta, uşbu protsessorlar eng qimmat noutbuk töplamlarida NVIDIA GeForce 940 / GTX 950M / GTX 960M yoki AMD Radeon R7 videokartalari bilan juftlikda işlaydi. 

HP Pavilion ixçam kompyuterlarining yangi avlodi boşqa tasniflariga şuningdek, Windows Helloda foydalanuvçi yuzini aniqlaş imkonini beradigan Intel RealSense kamerasi, 16 Gbaytgaça operativ xotira, Bang & Olufsen mutaxassislari tomonidan kuçaytirilgan stereodinamikalar hamda ma'lumotlarni saqlaş uçun turli körinişlardagi xotira bazalari (SSD do 512 Gbayt, HDD do 2 Tbayt i HDD + SSD do 2 Tbayt + 128 Gbayt)ni kiritiş mumkin. 

Bundan taşqari, noutbuklarning yirik vakillari qoidaga muvofiq Full HD IPS-matritsalari bilan jihozlangan. Şu bilan birga, ularning sensor displeyli namunalari ham sotuvga çiqariladi. Arzonroq modellari esa 1366 × 768 nuqta ölçamli ekranlarga ega böladi.

HP Pavilion 14” ning yangi avlodi xaridorga 540 dollarga tuşadi va iyun oyida savdoga çiqariladi. 15,6” va 17,3” li modellari esa Amerika çakana savdosida bir oy oldinroq çiqib, 580 va 900 dollar atrofida sotila boşlanadi.