«Mançester Siti» boş murabbiyi Manuel Pellegrini YeÇL yarimfinalida «Real» ga qarşi javob uçraşuvidan söng (0:1) fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Biz afsusdamiz, çunki mağlubiyatga loyiq emasdik. Gol bölgan vaziyatda raqibga omad kulib boqdi. Bu juda köp vaziyatlar sodir qilgan ikki teng kuçli jamoaning bahsi edi. Öylaymanki, ikki jamoa ham finalga çiqişga haqli edi.
Har ikki öyin ham teng böldi, ularda hujum emas, himoya köproq közga taşlandi.
Bugun bizga Silva va Nasri yetişmadi, Ture esa endigina jarohatidan tuzalib qaytgan.
Biz öz ğoyalarimizni amalga oşira olmadik, raqib bunga yöl qöymadi. Durang haqqoniy natija bölar edi. «Real» ning şunçaki omadi keldi.
Albatta, finalga çiqa olmadingmi, demak, imkoniyatni boy berganing şu. Bizga kuçli raqib duç keldi, ammo uni bizdan kuçliroq deya olmayman. Bizga omad yetişmadi. Biz harakat qildik, ammo öxşamadi. «Real» bu öyinlarda «Mançester Siti»dan kuçliroq ekanini körsatdi deya olmayman.
Bu alohida ahamiyatga ega mavsum böldi, axir biz ilk marta yarimfinalgaça yetib keldik, bu jamoa uçun juda muhim edi. Jamoa keyingi mavsumda ham YeÇLda iştirok etişga harakat qiladi. Bu jamoa hali finalda öynaşi kerak.
Bu mavsum finalida favorit yöq. «Atletiko» hozir juda kuçli öyinlar namoyiş qilmoqda, «Real»da esa juda köp saviyali futbolçilar yiğilişgan», – deydi Pellegrini.











