Gretsiyada hukumat tomonidan ötkazilayotgan pensiya islohoti va ijtimoiy suğurta islohotlariga nisbatan norozilikni namoyiş etiş maqsadida 48 soatlik ommaviy iş taşlaş boşlandi.

Iş taşlaşdagi iştiroki töğrisida davlat işçilarining ikkita yirik kasaba uyuşma birlaşmalari – Mehnat boş konfederatsiyasi va Fuqarolik xizmatçilari oliy ma'muriyati ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar qildi. 

Norozilik namoyişiga jamoat transporti işçilari qöşildi. Juma va şanba kuni Gretsiya poytaxtida metro, trolleybus, avtobus va tramvaylar yölovçilarga xizmat körsatmaydi, depoda çet şaharlarga boradigan elektriçkalar va uzoq masofali yönalişdagi poyezdlar qoladi. 

Jurnalistlar Gretsiya federatsiyasi ijro kengaşi qaroriga köra, iş taşlaşda barça davlat va xususiy OAV – gazetalar, telekanallar, radiolar ham qatnaşadi. 6 may soat 06:00dan yakşanba soat 06:00gaça (Özbekiston vaqtidan 2 soat ortda) yangiliklar dasturi telekanallar va radiostansiyalar efiriga çiqmaydi. 

Bundan taşqari, dengizçilar Gretsiya federatsiyasi 4 kunlik iş taşlaş e'lon qildi. 

“Hukumat dam oliş kunlarida şoşilinç tarzda suğurta tizimga yakuniy zarbani berib, yangi soliqlarni joriy qiluvçi qonunlarga ovoz berib grek jamiyatini aldaşga urinmoqda”, - deyiladi Mehnat boş konfederatsiyasi xabarida. 

Mehnat boş konfederatsiyasi greklarni 8 may kuni Afinada parlament yaqinida Sintagma markaziy maydonida bölib ötadigan iş taşlaş va norozilik namoyişiga çorlamoqda. Mitinglar poytaxt va Gretsiyaning qolgan yirik şaharlari boşqa maydonlarida ham bölib ötadi.