Eron diniy rahnamosi va oliy rahbari oyatulloh Ali Xomeneiy "bugungi kunda Amerika siyosati Islom, Eron va şialarga qarşi kuraşişdan iborat", - deya bayonot berdi.
"Fors" agentligining xabar qilişiça, Eron islom respublikasi rahbari Tehronda musulmon davlatlar elçilari, Eronning oliy mulozimlari va oddiy fuqarolari bilan uçraşuv ötkazgan.
Uning sözlariga köra, AQŞ yetakçilari Eronni öz siyosatini amalga oşirişdagi tösiq, deb baholaşmoqda.
Xamenei, şuningdek, Islom va Eronni vayron qilişga qaratilgan siyosati uçun Vaşingtonni keskin qoraladi.
"Yaqinda amerikaliklar Eronning mintaqadagi siyosati qator sanksiyalar va özaro aloqalarning keskinlaşuviga olib kelgani xususida aytişgan edi", -deydi Xomeneiy.
Uning ta'kidlaşiça, Islom nomi bilan turli dahşatli jinoyatlarni sodir etayotganlar, Ğarb davlatlari tomonidan qöllab-quvvatlanadigan xoin va pulga sotilgan (terrorçi) guruhlardir.
"Ğarb davlatlari göyoki IŞIDga qarşi koalitsiya tuzganini da'vo qilişadi, aslida esa ular guruhga qöldan kelgança yordam berib kelişmoqda", - deb qayd etgan Eron diniy rahnamosi.







