Rossiya futbol ittifoqi nazorat-intizom qömitasi navbatdagi yiğiliş natijalariga köra "Krasnodar" futbol klubini Rossiya çempionatining 26-turida "Anji"ga qarşi uçraşuvda yöl qöyilgan turli qoidabuzarliklar uçun 125 ming rublga jarimaga tortdi. Bu haqda "Çempionat" naşri xabar bermoqda. 

Qömita raisi Artur Grigoryantsning aytişiça, klub öz muxlislari joylaşgan sektorda No Banana No Party (Banan yöq – xursandçilik yöq) yozuvi bölgan irqçilik kayfiyatidagi bannerning paydo bölgani uçun 25 ming rubl jarima tölaydi. 

Krasnodarliklar jarimadan 100 ming rublni uçraşuv vaqtida xavfsizlikni tegişli tarzda ta'minlay olmaganlari uçun tölaydilar. Uçraşuv vaqtida maydonga "Anji" muxlisi yugurib çiqib ketgan. Bu holat uçun Mahaçqala jamoasi 20 ming rubllik jarimaga tortildi.

Jamoalar örtasidagi uçraşuv 1 mayda bölib ötgandi va kubanliklarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.

2015 yilning 5 avgustida xuddi şunday jazoga "TsSKA" klubi tortilgandi: klub muxlislari "Anji"ga qarşi uçraşuvda Animal Planet (Hayvonot dunyosi) yozuvi bölgan bannerni namoyiş qilişgan.