AQŞning Janubiy Karolina ştatidagi Monks Korner şahridagi uylardan biriga alligator kirmoqçi böldi. Timsohni qöşni uy egasi Geri Rojyers payqab qolib, uni videoga oldi. 

Internetda çop etilgan bu videoda timsoh kiriş eşigiga tirmaşib, göyoki uy qönğiroğini çalişga harakat qilib, unga talpinayotganini köriş mumkin. Uyning egasi Jyemi Beyli uyga qaytganda eşigida köplab tirnaliş izlarini körgan.
 
Voqea guvohi mahalliy teldevideniyega bergan intervyusida timsoh özini tajovuzkor tutmaganini aytdi. U sudralib yuruvçi uy yonidagi hovuzga tuşişga harakat qilgan, degan taxminni bildirdi.