O‘zLiDeP Çilonzor tuman Kengaşi hamda “New Realtor” MÇJda faoliyat yuritayotgan boşlanğiç partiya taşkiloti tomonidan Yakkasaroy tumanida 9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan gimnastika, oğir va yengil atletika elementlarini özida jamlagan zamonaviy sport turi bölmiş krossfit böyiça musobaqa taşkil etildi. 

Mazkur tadbir jismonan va ma'nan soğlom, heç kimdan kam bölmagan, öziga işongan barkamol yoş avlodni, Vatan taqdiri uçun mas'uliyatni öz zimmasiga oladigan, kelajagi buyuk davlatni barpo etişga qodir bölgan yoşlarni tarbiyalaşga kömaklaşiş hamda ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, mamlakatimizda barça sport turlari qatorida krosfit turini ham ommalaştiriş maqsadida taşkil etilib, musobaqada köplab yoşlar katta qiziqiş va şijoat bilan iştirok etişdi.

— O‘zLiDeP yangi ğoyalar va yangi taşabbuslarni qölla-quvvatlovçi partiya sifatida aholi örtasida ommalaşib bormoqda. Buni yangi sport turi sifatida ommalaşib borayotgan krossfit böyiça taşkil etilgan musobaqa misolida ham köriş mumkin, - deydi O‘zLiDeP Çilonzor tuman Kengaşi raisining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Alişer Muxsinov. — 18 yoşdan 35 yoşgaça bölgan yoşlar iştirok etişi mumkin bölgan mazkur musobaqada kuç, çidamlilik, tezlik, aniqlik va egiluvçanlikni talab qilinadi. Bir neçta sport maşqlarini özida mujassam etgan bugungi bellaşuvda yoşlarimiz juda katta ğayrat bilan iştirok etişdi. Ulardagi şijoat, matonat şundan dalolat beradiki, ajdodlardan me'ros qolgan mardlik, jasorat, halollik kabi hislatlar milliy qadriyat sifatida ta'lim-tarbiya jarayonlarida yoşlarimizning ong va qalbiga çuqur singdirib borilmoqda.

Uç bosqiçda ötkazilgan mazkur musobaqa alohida sport bayrami sifatida qarşi olindi. Iştirokçilar har turda 5 ta bir-biridan qiziqarli bölgan atlet maşqlarini zör iştiyoq bilan bajarib, özaro bellaşişdi.

Bugungi tadbir menda özgaça taasurot uyğotdi, - deydi musobaqa ğolibi Kamil Burxanov. —Yoşlarni birdamlikka, ahillikka çorlovçi mazkur musobaqaning toş kötariş, arqon tortiş kabi maşqlari öz imkoniyatlarimni yanada yaxşiroq namoyon qiliş imkonini berdi. Natijada hakamlar hay'ati tomonidan yuksak baholandim va 1-örinni qölga kiritdim. Köp sonli yoşlarning vakili sifatida şuni aytmoqçimanki, partiyamiz tomonidan mana şunday tadbirlar, musobaqalar keng kölamda, tez-tez ötkazib turilsa maqsadga muvofiq bölar edi. Çunki, bunday bellaşuvlar biz yoşlarni yanada soğlom, barkamol bölib voyaga yetişimizga hamda jamiyatda mustahkam örin egallab, yurtimiz tinçligi va ravnaqiga munosib hissa qöşişimizga xizmat qiladi.