Karnegi-Mellon universiteti olimlari aqlli-soatlarni boşqariş imkonini beruvçi uzuk yasaş böyiça SkinTrack loyihasi ustida iş olib bormoqda, deb yozadi MIT Technology Review.
Mazkur uzuk, qöl terisini aqlli-soatlar uçun sezgir ekranga aylantiriş imkonini beradi. Uning işlaş texnologiyasiga köra, foydalanuvçi uzuk taqqan qölini boşqa qöli yuzasida sirpantirsa, uzuk signalni aqlli-soatga yuboradi.

Ma'lumki, aqlli soatlar ekranlari birmunça kiçik bölgani bois qurilmadan foydalaniş qiyinçilik tuğdiradi. Universitet tadqiqotçilarining aytişiça, sezgir ekran maydonini bilak hisobiga kengaytiriş mumkin. Bu, öz navbatida, aqlli-soatlar yordamida bajariladigan köplab vazifalarni qulaylaştiradi.
Texnologiya işlab çiqaruvçilari tez orada uşbu işlanma xususida töliqroq hisobotni e'lon qilmoqçi. Hozirça qurilmaning işlaş usuliga oydinlik kirituvçi demovideo namoyiş etilgan.








