Yaponlarning robotlarga bölgan iştiyoqi çegara bilmaydi. Ular, hattoki, xarobalarni yiğiştirib beruvçi va binolarni buzuvçi maşinani ixtiro qilişdi. Bu qurilmaga Super Guzzilla deb nom berildi.
Robotning oğirligi 15 tonnadan oşadi, böyi esa 5 metrni taşkil etadi. U mustahkam metall korpus, materillarni kesiş va ezib taşlaş uçun ikkita industrial manipulyator-qöllar hamda har qanday yer ustida harakatlana oladigan bahaybat yuk maşinasining qattiq ğildiraklariga ega. Mazkur robot rivojlangan dizayndagi qurilmalarni jihozlaş bilan şuğullanuvçi Taguchi Industrial kompaniyasi tomonidan yaratildi. Ularning bunday manipulyatorga ega maşinalari 2011 yil Toxokuda sodir bölgan sunami va 1995 yil Kobedagi ayançli zilziladan söng hududlarni tozalaş uçun sinovdan ötkazilib, özining mustahkamliligini isbotlagan.









