Toşkentda 1999-2000 yillarda tuğilgan yigit-qizlar örtasida yengil atletika böyiça Özbekiston çempionati bölib ötdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

Özbekiston Madaniyat va sport işlari vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan çempionatning yadro, nayza, disk va bosqon uloqtiriş bahslarida Şahzod Mardonov, Nargiza Qöçqorova, Akim Dementev, Gulsanam Halimova, Ğolib Abduqahhorov, Munisa Rejyepova va Obid Örişev birinçi örinni qölga kiritdi.

Uç xatlab, balandlikka va uzunlikka sakraşda Abbos Egamqulov, Baxtiyor Nurmatov, Alina Yablokova, Natalya Gasanova oltin medalga sazovor böldi.

Musobaqaning 100, 200, 400 va 1500 metr masofalarga yuguriş bahslarida Laziz Habibov, Sardor Turğunov, Davlatbek Xalilov, Humoyun Mahmudov, Violetta Ivanina, Umida Turğunboyeva, Maryam Tojiboyeva marraga birinçi bölib keldi. Tösiqlar oşa 110 va 400 metrga yugurişda Davlatbek Xalilov, Aleksandr Stepanov, Muqaddam Zaripboyeva va Sabina Umarova barça raqibini yengdi. Öğil bolalar örtasida 4x100 metrga estafeta yugurişda Farğona viloyati, qizlar örtasida Toşkent şahri jamoalari ğolib böldi.

Önkuraşda Asilbek Töraqulov 4719 oçko, yettikuraş bahslarida Alina Yablokova 3727 oçko töplab, Özbekiston çempionligini qölga kiritdi.

10000 va 5000 metrga sportça yurişda Suhrob Maxatov va Gulandom Abduxoliqova ğalaba qozondi.