Eron neft qazib olişni muzlatiş böyiça olib borilayotgan rejaga qöşilişini ma'lum qildi. Bu haqda Eron milliy nefti böyiça xalqaro aloqalar kompaniyasi direktori Muhsin Kamsariy ma'lum qilgan. Uning sözlariga köra, mamlakat neft qazib oliş böyiça kerakli natijaga erişgan.
Kamsariyning ma'lum qilişiça, bugungi kunda mamlakatda bir kunda 4,2 million barrel neft qazib olinmoqda. Bu mamlakat neft vaziri Bidjan Zangane tavsiya etgan natijadir.
Eron xalqaro neft bozoriga kirgaç, neftning qiymati keskin tuşib ketdi. Uning barreli 30 dollar etib belgilangan vaqtlar ham böldi. Ammo joriy yilning fevral oyidan boşlab, uning narxi oşa boşladi. Ayni damda neftning Brent turi narxi 45 dollar deb belgilangan.







