Sobiq ittifoqda 1940-yillarda yaratilgan An-2 bir motorli samolyoti Kaliforniyaning Xaylend şahrida dvigateli işlamay qolgandan keyin qulab tuşdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Samolyot uçuvçisi va yölovçiga heç narsa qilmagan.

Mohir uçuvçi Kliff Xitkout samolyotni maktab va turar joy binolari joylaşgan joydan çetroqqa, dalaga olib ketişga muvaffaq böldi. 

Samolyot havoda töntarilib ketgan va şu holda qulagan. Voqea guvohlari uçuvçi va uning şerigiga samolyotdan çiqib olişlarida kömak berişgan.

Samolyot qulaşi vaqtida elektr ta'minoti simini uzib yuborgani sababli 3 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qolib ketgan. AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi uşbu holatni tergov qilmoqda.