70 yil avval, 1946 yilda Tokio şahrida Tokyo Telecommunications Engineering Corporation (Totsuko) ta'sis etilgan. Hozirda u Sony Corporation deya nomlanib, eng yetakçi maişiy va professional elektronika işlab çiqaruvçisi hamda yirik mediaxolding hisoblanadi. Uning tarkibiga Columbia Pictures va TriStars Pictures kinostudiyalarini öz içiga olgan Sony Pictures Entertainment, Sony Music Entertainment ovoz yoziş kompaniyasi va boşqalar kiradi.

Biznes nimadan boşlangan

Korporatsiyaga fizik Akio Morita va muhandis Masaru Ibuka tomonidan "Tokio tsusin koge" (Tokio telekommunikatsion muhandislik korporatsiyasi) nomi ostida asos solingan. Boşlanğiç kapital 500 dollar atrofida bölgan, ştatda 20 nafar xodim faoliyat yuritgan. 1994 yilga qadar kompaniyaga Akio Morita rahbarlik qilgan.

"Guruçli" start

Elektronika bozoriga qöyilgan birinçi qadam - elektron guruç pişirgiçning yaratilişi bölgan. Loyiha unça muvaffaqiyat qozonmadi - guruç bir oxirgaça pişmay, bir haddan ziyod pişib ketib, işonçni oqlamadi va bu iste'molçilarning noroziligiga sabab böldi.

Daromad keltiruvçi mahsulot

1946 yilda kompaniya isituvçi elektr yostiqlar işlab çiqardi, bu ikki döstga barqaror daromad olib keldi. Ikkinçi maşhur mahsulot elektr grelkasi bölib, u kompaniya tomonidan seriyali işlab çiqildi.

Muvaffaqiyat garovi

Korxona muvaffaqiyatining garovi tranzistorga patent qölga kiritganligidadir, bu kompakt maişiy elektronika işlab çiqarişni yölga qöyiş imkonini berdi. 1955 yilda Sony Yaponiyada birinçi TR-55 tranzistor radiosi, 1961 yilda esa dunyoda birinçi tranzistor televizorini işlab çiqardi.

Sony nomi qanday kelib çiqqan

Sony brendi (lotinça "sonus" - tovuş va "sonny boy " - kiçik daholar) 1950 yilda paydo bölgan. Kompaniyaning yaponça - Totsuko nomi amerikaliklar uçun talaffuz qilişga qiyin bölgan va şu bois kompaniya uni özgartirişga qaror qilgan.