Şveytsariyaning De Grisogono kompaniyasi arablarning Nemesis International kompaniyasidan eng yirik olmosni sotiş huquqini sotib oldi. Rambler News Service xabar berişiça, olmos 404 karat (deyarli 90 gramm) oğirlikdagi qimmatbaho toş hisoblanadi. 

Uni Angoladagi Lucapa Diamond’ga tegişli kondan topişgan. Toşning çinakam narxi aniqlanmagan, biroq Lucapa Diamond uni 22,5 million dollarga sotib yubordi.
May oyi boşida  Sotheby’s auksion uyi 1109 karat (221,8 gramm) hajmdagi olmosni sotuvga qöyişini e'lon qilgan edi. 

Lesedi La Rona (Janubiy Afrika tilidan tarjima qilinganda "bizning nur", degan ma'noni bildiradi) deb nomlanuvçi toşning hajmi tennis koptogi bilan bir xil bölib, sönggi 100 yil içida topilgan eng katta olmos sanaladi. Uning narxi — 70 million dollar.