1956 yil 10 mayida rossiyalik teleboşlovçi hamda jurnalist Vladislav Nikolayeviç Listev tuğilgan kun.
U sport yönalişi böyiça maktab-internatni tugatgaç, (yengil atletika böyiça sport ustaligiga nomzod), «Spartak» sport jamiyatida jismoniy tarbiya böyiça instruktor bölib işlagan, Moskva yaqinidagi Taman gvardiya diviziyasida harbiy xizmatni ötagan.
Işçilar fakultetini tamomlagaç, MDU jurnalistika fakultetining xalqaro bölimini yakunladi. Vladislav 1982 yildan sobiq ittifoq davlat teleradiosining taşviqot boş redaksiyasining xorijiy davlatlarga radioeşittirişlar muharriri bölib işlay boşlagan.

1987 yildan Markaziy televideniyening yoşlar redaksiyasiga «Vzglyad» körsatuvi boşlovçilaridan biri sifatida işga ötdi. Hamkasblari bilan birga birinçi kanal uçun körsatuvlar tayyorlagan VID telekompaniyasiga asos soldi.
Listev 1991 yildan telekompaniya boş prodyuseri, 1993 yildan uning prezidenti böldi. Vlad VID telekompaniyasidagi faoliyati davomida «Pole çudes», «Tema» va «Ças pik» kabi köplab körsatuvlarning muallifi va boşlovçisi böldi.
Bundan taşqari, KVN oliy ligasi hakamlar hay'atiga taklif etilgan. Vladislav Nikolayeviç 1995 yildan VID telekompaniyasidan ORT telekanaliga işga ötdi. Bu yerda u boş direktor lavozimini egalladi. Uning ulkan rejalari, ajoyib tajriba va iqtidori bor edi. Listev bir neça yillar içida «Ostankino»da ommabop köngiloçar televideniyesini taşkil eta olgan edi.

Jurnalist barça rejalarini amalga oşirolganida balkim bugungi kunda Rossiyada boşqaça televideniyeni körgan bölar edik. Ammo 1995 yil 1 mart kuni keçqurun, yangi lavozimiga tayinlanganidan söng 34 kun ötgaç, Vlad Listev uyining ostonasida öldirib ketildi. Şu munosabat bilan telekörsatuvlar töxtatildi, 2 mart kuni ekranlarda jurnalistning surati qöyilgan va «Vladislav Listev öldirildi», degan yozuv efirga uzatildi.
Garçi huquq-tatibot idoralarining bir neça bor bergan balandparvoz bayonotlariga qaramay, jinoiy iş oçilmay qoldi, na qotillar, na buyurtmaçilar topildi. 2010 yilda esa uşbu iş böyiça muddat poyoniga yetdi.












