IŞID jangarilari uçun bunday şafqatsizliklar oddiy hol. Hatto yoş bolalarni maxsus markazlarda vahşiylikka örgatişadi. 

Bir qoçoqning aytişiça: “Suriyaning Raqqa şahrida 6 ta maxsus lager bor, ular orasida “Zarqoviy arslon bolalari lageri” ham mavjud. Har haftada uşbu lagerdan 25-30 bola töliq harbiy tayyorgarlikdan ötib, jallod bölib yetişadi. IŞIDçilar maşğulot paytida asirlardan tajriba maqsadida foydalanişadi. Bolalar asirlarga qarata öq uzadi yoki böyniga piçoq tortib qöy kabi böğizlaydi”. (Aydarbek Tölepovning “IŞID fitnasi” kitobi, 62-bet). 

Axir Olamlarga rahmat bölgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 23 yillik payğambarlik davrlarida biror marta bölsa ham yoş bolalarni şunday razil işlarni qilişga buyurganlarmi yoki körsatma berganlarmi yoki siyratlarida biror marta şunday holat kuzatilganmi? Yöq, albatta. 
Payğambar sollallohu alayhi vasallam hatto hayvonlarni va jonivorlarni (öq otişga) möljal qilinadigan nişon qilib olişdan ham qaytarardilar. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quşlarni yeyiş maqsadida emas, balki bekorga öldirişdan qaytarib şunday der edilar: “Kim biror quşni öldirsa, öşa quş Qiyomat kuni Alloh taologa: “Ey, Rabbim, falonçi meni bekordan-bekorga öldirdi, biror bir manfaatni közlab öldirmadi”, deb şikoyat qiladi”. (Nasoiy rivoyati). 

Şuningdek, U zot alayhissalom hayvonlarni söyişda ham rahm-şafqatli, yumşoq munosabatda bölişni uqtirardilar. Qöyni yotqizib, ustida piçoğini ötkirlab turgan kişiga: “Sen nima uni ikki martalab öldirmoqçisan? Uni yotqizişdan oldin piçoğingni ötkirlasang bölmasmidi?”, deb tanbeh berganlar. (Tabaroniy rivoyati). 

Bu hadisi şariflarda körib turganingizdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hatto hayvonlarga nisbatan zulm qilişdan qaytarmoqdalar. Ana endi aytingçi, bu IŞIDçilar maxluqotlarning gultojisi insoniyatga, bölib ham gultojning gavhari bölmiş yoşlar, gödaklarga zulm qilmoqdalar. Xalifalik ya'ni, “örinbosarlik”ni, Qur'on karim va hadisi şarifga amal qilişni da'vo qiladigan bu ğalamislar gödaklarni şunday qiynoqlar iskanjasiga soliş mumkin ekaniga biror bir dalil keltira oladilarmi? 
Şuni unutmasligimiz lozimki, bu dunyoda qilingan zarraça zulm ertaga Qiyomatda zulmatlarga aylanadi. 

Payğambar sollallohu alayhi vasallam siyratlariga nazar solsangiz, farzandlari Ibrohim vafot etganida közlaridan yoş oqqanligini körişingiz mumkin. 
Anas roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandlari Ibrohimning huzuriga kirdilar. Ibrohim jon talvasasida edi. Şunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam közlaridan yoş tökila boşladi. Oldilarida turgan sahobiy Abdurrohman ibn Avf: “Siz hammi, yo Rasululloh! (ya'ni siz ham yiğlaysizmi), dedilar. Ul zot: “Ey, Ibn Avf, bu rahm-şavqatdandir”, dedilar. Boşqa rivoyatda esa: “Közlar yoş tökadi, qalb mahzun böladi va biz faqat Robbimizni rozi qiladigan sözlarni gapiramiz. Biz sening firoqingga mahzunmiz ey, Ibrohim”, dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati. Ba'zi jumlalarini Imom Muslim rivoyat qilgan). 

Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, u zot aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga farzandlari Ibrohim vafot etayotgan holatida kötarib olib kelinganda, u zotning ikki közlaridan yoş oqdi. Şunda Sa'd: “Yo Rasululloh, nimaga yiğlayapsiz?”, dedi. Şunda: “Bu Alloh taolo bandalarining qalbiga joylagan rahmatidir. Albatta, Alloh taolo faqat rahim-şavqatli bandalariga rahim qiladi”, dedilar”. (Muttafaqun alayhi). 

Ana endi aytingçi, yoşlarni yaxşi köradigan, ularga mehr-şafqatli bölgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam IŞIDçilarning qilmişlari, zulmlari sabab neça minglab yoş norasidalarni bunday ahvolga tuşişlariga yöl qöyarmidilar. IŞIDçilar minglab onalarni yiğlatmoqdalar, neça minglab gödaklarni yiğlatmoqdalar. 
Yuqoridagi hadisga binoan şuni ayta olamizki, bu ğalamislarning qalbida zarraça bölsa ham rahm-şafqat yöq ekan. Ular “Islom davlatini quriş” şiori ostida özlari yoş gödaklarni yetimlarga aylantirib, keyin yana öz qaramoğiga olyaptilar. Ular nima maqsadda öz qaramoğiga olyaptilar, deb öylaysiz? Ta'lim-tarbiya beriş maqsadidami? Yoki gözal axloq bilan tarbiyalaşmi? 
Yöq, qayoqda, unday qilsinlar! Ular Qur'on va hadisi şarifning körsatmalariga amal qiladigan musulmonmidilarki, yoş gödaklarga mehr-şafqat qilsalar? Ular Rasulullohning örinbosarlari, merosxörlarimidilarki, yetimlarni boşini silab, ğamxörlik qilsalar? Yöq, albatta. Ular körinmas uçinçi qölning malaklari, ta'bir joiz bölsa, Iblisning yordamçilaridirlar. Bu gödaklarga IŞIDçilarning özlari ham hatto yoşligida örganmagan, körmagan jirkanç işlarni qilişga örgatmoqdalar, aniqroği majburlamoqdalar. Jumladan: insonlarni öldiriş, qiynoqqa tortiş, maxsus joylarni portlatiş va hokazo... 

Buni qanday tuşuniş mumkin, odam degan şunçalar ham yovuz böladimi?! Biz ularni iblislar deganimiz bejiz emas. Zero, qilayotgan işlaridan körinib turibdiki, ular haqiqatan ham iblislar, qonxör, şavqatsiz, odam qiyofasidagi şaytonlardir! (Aydarbek Tölepovning “IŞID fitnasi” kitobi, 77-bet). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetimlarga nisbatan gözal muomalada bölardilar, ularga yaxşilik qilardilar va sahobalarni ham şunday qilişga, yetimlarni öz qaramoğiga olişlariga tarğib qilib, uning fazilatlarini bayon qilardilar. 

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Men bilan yetimni qaramoğiga olgan kişi jannatda mana şundoq böladi”, deb körsatkiç va örta qöllarini birlaştirib işora qildilar. (Imom Buxoriy rivoyati). 
Boşqa bir rivoyatda Payğambar sollallohu alayhi vasallam: “Musulmonlardagi eng yaxşi uy – unda yetimga xayr-saxovat qilinadigani”, deb aytganlar. (Ibn Moja rivoyati). 
Bu hadisi şariflardagi yetimlardan maqsad ota-onasi taqdir taqozosi bilan vafot etgan yoş, voyaga yetmagan gödaklar nazarda tutilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana şunday ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan yoş bolalarning boşini silab, ğamxörlik qilardilar. Ularga ta'lim-tarbiya, odob-axloq örgatişga tarğib qilardilar. 

Islom odoblarida bolalarning boşini tepadan pastga qarab silaşga buyuriladi, çunki aksinça silanganda ozgina bölsa-da, bolaga ozor yetkaziladi. Dinimiz boşqalarga mana şu darajada kam ozor berişdan ham qaytaradi. (Aydarbek Tölepovning “IŞID fitnasi” kitobi, 51-bet).

(Maqolaning 1-qismini uşbu havola orqali öqişingiz mumkin)

Manbalar asosida “Kökaldoş” örta maxsus islom bilim yurti mudarrisi 
Ğiyosiddin BARATOV tayyorladi. 

Manba: Muslim.uz