Suriyaning özida neça yuz minglab odamlar hayotdan köz yumdilar. Millionlab kişilar nogiron böldilar. Neça millionlab begunoh insonlar öz yurtlarini tark etib, sarson-sargardon böldilar. Norasida bolalar oç va yalanğoç qoldilar. 

Öz yurtlarini tark etgan aholining bir qismi çöl böylab, boşqa bir qismi dengiz böylab ketişga majbur böldilar. Buning oqibatida ham neça minglar norasida gödaklar, ojiza ayollar vafot topib ketdilar. Gurkirab, yaşnab turgan şahar tanib bölmaydigan darajada xarobaga aylandi. Qança-qança ta'lim dargohlari yondirib yuborildi, masjidu maqbaralar portlatib yuborildi va hokazo... Bu “Islom davlati quriş”, “xalifalikni qayta tiklaş” kabi jimjimador şiorlar bilan lof urgan Islom duşmanlarining “xayrli işlarini” sanab adoğiga yeta olmaysiz. Aslida bu “xayrli işlari” dinimizga butkul zid ekanligini ahmoq kişi ham biladi.

Ma'lumki, “xalifa” degani “örinbosar” degan ma'noni bildiradi. Bu qonxör kimsalar “xalifalik” deb aslida kimga örinbosarlik qilişmoqda. Butun olamlarga ayni rahmat bölib yuborilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga örinbosar bölişni niyat qilmaganliklari aniqdir. Demak, ular yo Yer yuzida insonlarga yomonlik, buzuqlik qilişga çorlaydigan şaytonning yoki ötmişda ötgan Fir'avn (alayhil la'na)ning yoki zolim bölgan kimsalarning yoki körinmas uçinçi qölning örinbosarlari desak mubolağa qilmagan bölamiz.  

 Ayni uşbu maqolani yozişdan IŞIDning qilgan va qilayotgan işlari Islom diniga butkul yot ekanini va ularning jirkanç amallari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, hadislari, amallariga umuman zid ekanini bayon qilişni maqsad qildik.

 Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmat bölib yuborilganlarini ifodalovçi bir neça hadislarni zikr qilib, har bir hadisning ortidan IŞIDçilarning qilgan jirkanç jinoyatlarini keltirib ötiladi. Natijada qay darajada Islom diniga zid va qarama-qarşi ekanini özingiz bilib olasiz, Xudo xohlasa. 

Alloh taolo şunday marhamat qiladi:              

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ

“(Ey, Muhammad,) biz sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz. (Anbiyo: 107).

 Uşbu oyatdagi (رَحْمَةً) – (rohmatan) kalimasi masdar bölib, ma'noni ta'kidlaş, kuçaytirişni ifodalagani uçun ham (rohmatan) kalimasini “ayni rahmat”, “butunligiça rahmat”, “haqiqiy rahmat”, deb tarjima qilinadi.