Olmaotada joylaşgan "Yubileyniy" supermarketida yuz bergan yonğin oqibatida 46 ta xonadon yonib ketdi. Bu haqda turar-joy qömitasi rahbari Aleksandra Komarova xabar bergan.
Uning sözlariga köra, barda çiqqan yonğindan söng, bino xodimlari uni özlari öçirişga uringan.
Turar-joy binosida yaşovçilar akimat (hokimiyat) xodimlari bilan birga yongan xonadonlarni borib, közdan keçirdi. Zararning umumiy qiymati aniqlandi.
Ana şunday qörqinçi vaziyatga qaramay, barça bir-biriga yordam bergan. Yonğin bölayotgan hududni tark etişgan. Odamlarning guvohlik berişiça, yonğin juda kuçli bölgan.

Öt öçiriş xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelib, işlarini boşlab yuborgan. Ular binoning old qismini öçirişayotgan vaqt, uning ort qismidan odamlar köçirilgan.
Jami bölib, yonğindan 7 nafar kişi qutqarilgan va 120 nafar kişi köçirilgan, ularning orasidan 3 nafari yoş bolalardir. Bir kişi is gazidan zaxarlangani uçun şifoxonaga yotqizilgan. Hozirça boşqa jabrlanganlar va halok bölganlar haqida ma'lumot mavjud emas.
Voqea joyida öt öçiriş xizmatining 21 ta texnikasi va 115 nafar xodimi işlagan. Yonğin 1100 kvadrat metrda sodir bölgan. Uning sabablari örganilmoqda.







