Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşining “Yoşlar qanoti” tomonidani “Yurtim tarixini örganaman” şiori ostida “Tarixdan sado berguvçi obod göşalar” nomli yoşlar aksiyasini ötkazdi.
Aktsiya Jizzax vohasining “Ilon ötdi” darasida joylaşgan “Amir Temur darvozasi” yaqinida uşbu partiyaning rasmiy nomi “ÖzMTDP” yozilgan belgini obodonlaştiriş bilan ötkazildi. Aktsiyada ÖzMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti raisi va xodimlari, ÖzMTDP Jizzax şahar hamda Ğallaorol tuman partiya taşkiloti “Yoşlar qanoti” qoşidagi “Yoş siyosiy bilimdonlar” klubi a'zolari, partiya a'zolari hamda Jizzax Davlat pedagogika instituti talabalari iştirok etişdi.

-Ma'naviyatimizni yuksaltirişda milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz hamda ularning zamirida mujassam bölgan mehr-oqibat, insonni uluğlaş, tinç, osoyişta hayot, döstlik va totuvlikni qadrlaş, turli muammolarni birgalaşib hal qiliş kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan bir davrda, hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan xalq haşarlari istiqlol davrida yangiça ma'no-mazmunga ega bölib, yoşlarimiz tomonidan yaxşi qabul qilinmoqda, – deydi ÖzMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi raisi Ğayrat Qodirov. Haşarda iştirok etgan yoşlar qiyin holatlarga ham duç kelişdi.
Jumladan, belgilangan joyga yetib boriş uçun suvdan keçib ötgan iştirokçilar, qölni-qölga berib “Kuç birlikda” şioriga amal qilişib yakunda közlangan maqsadga erişişdi.

Buni hattoki jajji haşar iştirokçisining yuzidan ham bilib oliş mumkin.













