Tarbiyaçining özi tarbiyalangan bölişi kerak!

Bu hikmatli kalomlar har bir tarbiyaçi-pedagogning doimiy şioriga aylanmoği lozim.

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida ta'lim bilan bir qatorda tarbiyaviy işlarni ham takomillaştiriş borasida qator xayrli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, universitet murabbiylari örtasida “Eng yaxşi murabbiy” körik-tanlovi ham xuddi şu maqsadda ötkazilmoqda.

– Talaba yoşlarni yetuk ma'naviyatli va ma'rifatli, öz kasbining mohir mutaxassislari etib tarbiyalaşda öquv guruhlarida iş olib boruvçi murabbiylarning örni beqiyosdir, – deydi ÖzMU Murabbiylar kengaşi raisi Abror Xidirov.– Ta'lim va tarbiya işlarini davr talabidan kelib çiqib samaraliroq taşkil etiş, milliy istiqlol ğoyasi va mafkurasining mazmun-mohiyatini yoşlar qalbiga singdiriş, talaba yoşlarni vatanparvar va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş maqsadida universitet miqyosida har yili “Eng yaxşi murabbiy” tanlovi ötkaziladi. Tanlov Özbekiston Milliy universitetida faoliyat körsatayotgan murabbiylarning ibratli işlarini ommalaştiriş va qöllab-quvvatlaş, ularni yoşlarga intellektual, ma'naviy-ma'rifiy hamda axloqiy jihatdan töğri tarbiya bera olişi, şuningdek, talabalarda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etişga kömak beriş, qobiliyatlarini örganiş, murabbiylar örtasida soğlom, ijodiy raqobatni yuzaga keltiriş, “Ustoz-şogird” an'analarini davom ettiriş, taşabbuskorlik tuyğularini rivojlantirişdan iboratdir.

Aytiş joizki, tanlov öquv guruhlarda faoliyat olib borayotan namunali, taşabbuskor va öz işining mohir bilimdonlari bölmiş murabbiylarni tanlab oliş va ular erişgan ijobiy yutuqlarni keng yoyiş imkoniyatini beradi.

Ayni paytda Milliy universitetimizda mazkur tanlovga tayyorgarlik jarayonlari örganilmoqda. Murabbiylar kengaşi raisi Abror Xidirov va boşqa Hay'at a'zolari murabbiylar faoliyati bilan yaqindan tanişmoqda.

Har bir fakultetdan “Eng yaxşi murabbiy” tanloviga taqdim etilgan hujjat va tegişli ma'lumotlar örganilmoqda. Eng muhimi, mazkur ma'lumotlar amalda qay darajada ekanligi e'tibor bilan körib çiqilmoqda. Çunonçi, Biologiya va tuproqşunoslik, Iqtisod, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Özbek filologiyasi fakultetlari talabalari bilan yuzma-yuz suhbatlar ötkazilmoqda.

Tanlov Hay'ati a'zolari “Murabbiylik darsi” va “Axborot soatlari” maşğulotlari qay darajada ötkazilayotgani bilan qiziqdilar. Talabalar bu maşğulotlarda yurtimizda keçayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayot, jahon maydonida yuz berayotgan voqea-hodisalardan kengroq xabardor bölişayotganini sözlab berdilar.