10 may—Joriy taqvim böyiça 2016 yilning 130-kuni.

Bugun Xalqaro astranomiya kuni.

Voqealar:
2010 yil. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Ummon Sultonligi taşqi işlar böyiça davlat vaziri Yusuf bin Alaviy bin Abdullanni qabul qildi. 
2005 yil. Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. 
2008 yil. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida  “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Yang Xo Çoyni qabul qildi. 
1992 yil. Toşkentda Özbekistonda birinçi kompyuter texnikalarining mustaqil körgazmasi oçildi. 
1503 yil. Xristofor Kolumb (Christophorus Columbus) Kayman orollarini oçdi.
1811 yil. Angliyada ilk qoğoz pullar muoamalaga çiqarildi
1844 yil. Kanada poytaxti Kingstondan Monrealga köçirildi.
2000 yil. Gretsiyada Sidney-2000 Olimpiada maş'alasi öt oldirildi. 

Uşbu sanada tuğilganlar:
1760 yil. Frantsuz şoiri va kompozitori, “Marseleza” ijodkori Klod Rujye de Lill (Claude Joseph Rouget de Lisle),
1850 yil. Angliyalik tadbirkor, yirik çoy işlab çiqariş kompaniyasi asosçisi Tomas Jonston Lipton (Thomas Johnstone Lipton),
1903 yil. Atoqli özbek adibi, akademik Ğafur Ğulom,
1909 yil. Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi, kinorejissyor  Yöldoş A'zamov,
1910 yil. Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi, dirijyor, pedagog Aşot Petrosyants, 
1937 yil. Maşxur özbek kinooperatori, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi Xotam Fayziyev.