Amazon eng yirik onlayn-riteyleri şaxsiy videoservisni işga tuşirgani haqida ma'lum qildi. YouTube'ning töğridan-töğri raqibi Video Direct foydalanuvçilari - saytga video yuklaşi va reklama namoyişi hamda lisenzion ajratmalar orqali pul işlaşi mumkin. Videoxosting Amazon akkauntining barça egalari uçun oçiq. 

Istalgan rolikni obuna kanali yoki pulli Prime servisi obunaçilari uçungina oçiq bölgan kanal orqali bepul köriş, ijaraga oliş mumkin. Xuddi Google kabi Amazon ham reklama namoyişidan 45-50 foiz daromadni özida qoldiradi, qolganini esa video mualliflariga ötkazadi.

Kompaniya aynan bepul video orqali yangi mijozlarni jalb qilişga harakat qiladi. Video Direct tomoşabinlariga u Prime servisiga obuna rasmiylaştiriş (yiliga 99 dollar uçun), musiqa, film va boşqa kontentni sotib oliş, şuningdek internet-dökonlardan mahsulot buyurtma qilişni taklif etişi mumkin.

Video Direct video mavzusiga heç qanday çeklovlar qöymaydi - asosiysi, kontent qiziqarli bölişi hamda foydalanuvçining videotasmani namoyiş qilişga huquqi borligi. Şunday bölsada, Amazon özi noloyiq deb topgan videoni öçiriş huquqiga ega. Haqoratomuz leksika yoki pornografiyaga ega videotasma avtomatik tarzda bloklanadi.

Video Direct'ga öyinçoqlar işlab çiqaruvçi Mattel, Condé Nast Entertainment mediakonglomerati va Mashable sayti özining ilk roliklarni yukladi. Videoxostingga Amazon mobil ilovasi, Roku telepristavkasi, şuningdek veb-interfeys orqali kiriş mumkin.