Avstraliya milliy universiteti arxeologlari Ğarbiy Avstraliya şimolidagi Kimberli okrugida dunyodagi eng qadimiy bolta qoldiqlarini topişdi. Tadqiqot natijalari Australian Archaeology jurnalida çop etildi.

Topilmaning yoşi 46-49 ming yil deb baholanmoqda. Taxminan ayni şu paytlarda sayyoraning eng kiçik qit'asida ilk odamlar paydo bölgan. Arxeologlarning sözlariga köra, olimlar bölaklarini aniqlagan qurol sayyoraning eng qadimiy boltasi hisoblanadi. 

Yangi izlanişlar şuni körsatdiki, qurol bazaltdan (şişasimon vulqon toğ jinsi) yasalib qumtoşda sayqallangan. 

Birinçi marta bolta bölagi 1990 yillarda Kimberli okrugining eng yirik ğorlaridan biridan qazib olingan edi. Bolta daraxtlarga işlov beriş yoki nayza sifatida foydalanilgani ehtimol qilingan. 

Bundan avvalgi eng qadimiy bolta (taxminan 37 ming yoşli) Yaponiyada topilgan edi.