Madridning «Real» klubi yarimhimoyaçisi Xames Rodriges baribir jamoani tark etişi oydinlaşmoqda. 

«Qaymoqranglilar» jamoasi prezidenti Florentino Peres futbolçining agenti Jorjye Mendeşga kolumbiyalik xavbek uçun yangi jamoa topişi mumkinligini bildirgan. 

El Confidencial naşri bergan xabarga köra, futbolçiga hozirda «Arsenal» va «Mançester Siti» jamoalari xaridor bölib turişibdi. Biroq ikkala klub ham Xamesni sotib oliş uçun «Real» sarflagan 80 mln yevrodan ançagina kamroq miqdorda mablağ tölaş niyatida.