Avvalroq AQŞ prezidenti Barak Obamaning nomiga öxşaş "Obamka" muzqaymoği işlab çiqarişni boşlagan Krasnoyarskning "Slavitsa" kompaniyasi muzqaymoqni işlab çiqarişdan voz keçdi, deb xabar bermoqda mahalliy Chelny-biz naşri. Kompaniya vakili "Obamka" brendi ostida işlab çiqarilgan muzqaymoq partiyasi faqatgina sinov tarzida işlab çiqarilgani, kompaniya esa irqçilikda ayblangandan keyin muzqaymoqni boşqa işlab çiqarişni istamayotganini ma'lum qildi.
Naşrning ta'kidlaşiça, "Obamka" ğarbda alohida e'tibor tortgan. Yetakçi xorijiy naşrlar, jumladan The Times va The New York Times naşrlari kompaniyani bunday nomdagi muzqaymoq işlab çiqarayotgani uçun tanqid qilişgan.
Kompaniya tanqid qilinmagunga qadar uni bunday nomdagi muzqaymoq işlab çiqariş xavotirlantirmagandi, kompaniya vakili esa aynan siyosiy vaziyat "Obamka"ning işlab çiqarilişiga sabab bölganini aytgandi.
Muzqaymoq örami dizaynida sobiq ittifoq davrida yaratilgan "Çunga-Çanga" multfilmidagi qora tanli, çap quloğida sirğa bor bola qiyofasi işlatilgandi. Muzqaymoq işlab çiqarilayotgani va sotilayotgani haqidagi xabar 5 may kuni paydo bölgandi.







