Singapur Milliy universiteti olimlari Stefan Gasser boşçiligida immun tizimi qanday qilib saraton hujayralarini aniqlaşi va organizm himoya tizimi nima sababdan köp hollarda saraton ösimtasini yöq qilişga qodir emasligini aniqlaşdi. Tadqiqot Immunity jurnalida e'lon qilingan. 

Olimlarning aniqlaşiça, MUS81 fermenti immun tizimi javobini ta'minlaydi. Endonukleazalarga taalluqli bu oqsil DNK hujayrasining yadro hujayralariga bölinişini ta'minlaydi. Saraton hujayralariga DNK fragmentlari alohida nukleotidlarga taqsimlanmaydi, balki tsitoplazmaga ötib ketadi. Hujayraning notöğri joyida örnaşib olgan DNK bölakçalari immun reaksiyasini işga tuşiradi. 

Bölaklarga ajralgan DNK interferon işlab çiqarilişini ta'minlaydi. U öz navbatida immun tizimi hujayralari – mikrofaglar va T-hujayralarni faollaştiradi, ular esa saraton hujayralariga hujum qiladi va ularni yöq qiladi. Olimlar MUS81 sintezi uçun javobgar genni bloklaşga muvaffaq böldi. Natijada DNK bölinmadi va immunitet reaksiyasini faollaştirmadi. Bu esa organizmning halokatli saraton ösmalariga qarşi kuraşda endonukleazaning muhim rolini isbotlaydi. Agar MUS81 saraton hujayralarida yetarli miqdorda sentezlanişni töxtatsa, organizm kasallikka qarşi mustaqil tarzda kuraşa olmaydi. 

Izlanuvçi olimlar yana şuni aniqlaşdiki, MUS81 turli saraton ösmalari hujayralarida sintezlanadi. Jumladan prostata saratoni, kökrak bezi saratoni, kolorektal saraton, baçadon saratoni, leykemiya va melonoma. Bundan taşqari, ba'zi kimyoteratiya turlari MUS81 şakllanişiga javobgar genlarni faollaştiradi, natijada yanada kuçli immun javobiga sabab bölişi mumkin. Olimlarning aytişiça, immunoterapiya bilan çatiştirgan holda uşbu usullardan foydalanilsa, saraton xastaligini samaraliroq yengişda yordam beradi.