Facebook tarmoğiga qaraşli WhatsApp messenjeri Windows va Mac OS X uçun foydalanuvçilarga kompyuterdan yozişiş imkonini beruvçi ilova işlab çiqdi. Messenjerning Android, iOS, Blackberry va Windows Phone uçun versiyalari tayyor. 

WhatsApp'dan kompyuter orqali muloqot qilişning oldin ham imkoni bölgan - 2015 yilning boşida messenjer hozirgi kungaça maşhur baruzerlarning aksariyatiga muvofiq veb-mijoz işlab çiqardi. Messenjerning brauzer versiyasi işlaşi uçun kompyuter ekranida örnatilgan WhatsApp QR-kod ilovasi bilan smartfon orqali suratga oliş kerak bölgan. 

Foydalanuvçining va bugun çiqqan messenjerning desktop versiyasi  identifikatsiyasi xuddi şunday amalga oşiriladi. Bu yoningizda internetga ulangan va WhatsApp örnatilgan smartfon bölmasa, kompyuterdagi ilova orqali muloqot qilişning iloji bölmaydi deganidir.

WhatsApp'ning desktop versiyasi brauzerdagisi kabi mobil versiyadagi barça çatlarni şunçaki qulayroq interfeysda aks ettiradi. 

Bu messenjerni kompyuterlarda qöllaşda raqib Telegram yoki Viber'ga qaraganda kamroq moslaşuvçan qiladi. Ularning foydalanuvçilari PK-versiyalari orqali muloqotga kirişi SMS-kod orqali amalga oşiriladi va keyin kompyuterdagi ilova smartfondan mustaqil ravişda işlaydi. WhatsApp PK-versiyasining yana bir kamçiligi - Windows 7 va undan avvalgi Microsoft operatsion versiyalarini qöllab-quvvatlamasligi.

Dastur faqatgina Windows 8, 8.1 va 10 orqali amalga oşirilişi mumkin.