Maktablarning boşlanğiç sinflariga möljallangan elementar matematik misol köplab internet foydalanuvçilarini öylantirib qöydi. Misol şarti va yeçimi Britaniyaning The Independent naşrida çop etildi.

Maqolada ta'kidlanişiça, keltirilgan misolni yeçimini topiş uçun maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Buning uçun faqat böliş, ayiriş va qöşişni biliş kerak. 

Şunga qaramay The Independent bu misolning yeçimini Yaponiyadagi katta yoşli kişilarning atigi 60 foizigina topişga muvaffaq bölganini bildirdi.

Misol şarti:
9-3:1/3+1=?

Körsatilgan yozişmada "1/3" kasr son hisoblanadi, "1" - surat , "3" - maxraj.

Bu misolni yeçişga harakat qilganlarning asosiy muammosi harakatlar ketma-ketligini töğri belgilaşdan iborat.

Dastlab bölişni amalga oşiriş kerak. 3ga 1/3ni böliş 9 natijasini beradi.

Şu tariqa, misol oddiy matematik amallarga borib taqaladi (9-9+1). Javobda bir çiqişi kerak.