Amerikalik matematiklar  smartfondagi dastur yordamida dunyoning 100ta mamlakatidan mingga yaqin insonlarning uyqu borasidagi ma'lumotlarini örganib çiqişdi.   

Ma'lum bölişiça, eng «uyquçi» mamlakat Niderlandiya bölib, u yerda, asosan, ayollar erkaklarga nisbatan köproq uxlaşar ekan. 


Miçigan universitetining matematiklari Daniel Forjyer va Oliviya Valx ikki yil muqaddam sayyohlarga jyetlag (vaqt mintaqasining özgariş xastaligi)ga qarşi kuraşişda yordam beruvçi Entrain dasturini işga tuşirişdi. Keyinçalik mazkur dastur orqali matematiklar dunyo böylab minglab insonlarning kun tartibi töğrisidagi ma'lumotlarni töplaşdi.  

 Tadqiqotçilar vaqtni köproq uyquga sarflaş köp hollarda yarim tungaça işlaş zaruriyati yoki döstlar davrasida keçani ötkaziş kabi ijtimoiy sabablarga boğliq, degan xulosaga kelişdi. Uyğoniş esa insonning individual bioritmlariga boğliq ekan. Şu sababli, ba'zan kişi keçgaça uyğoq yurib, tongda miriqib dam olaman, degan hayolga aldanib qoladi.  

Şuningdek, olimlar ayollar erkaklarga nisbatan örtaça hisobda 30 daqiqaga köproq uxlaşini aniqlaşdi.  Örta yoşdagi erkaklar eng kam uxlaşar ekan  —  ularning uxlaş davomiyligi sutkasiga yetti-sakkiz soatli odatiy uyqudan kamroq darajani körsatdi. 


Eng «uyquçi» mamlakat Niderlandiya bölib, mamlakat aholisi örtaça 8 soat 12 daqiqa uxlaşar ekan. Ular uyquga deyarli 7 soat 24 daqiqa vaqt ajratuvçi Yaponiya va Singapurliklardan 45 daqiqa köproq dam olişlari ma'lum böldi.  

Oliviya Valx qayd etişiça, köp hollarda insonlar dam oliş tuşunçasini töğri anglamay turib, olti soatli uyqu bilan ham yaşaş mumkin, deb hisoblaşadi. Olimlarning aytişiça, uyqusizlik holatidan bir neça kun ötgaç, karaxt yurgan kişini mastlikning yengil darajasi bilan taqqoslaş mumkin. 

«Eng ayançlisi, odamlar uyqusiragan holda kundalikdagi öz vazifalarini uddalay olaman, deb öylaşadi. Aslida esa bu kabi vaziyatlarda inson reproduktiv salomatligi keskin darajada yomonlaşadi, kişi esa buni sezmaydi», — deya ogohlantirdi Oliviya Valx.