Londonning yangi meri Sodiq Xonning fikriça, Islom dini Ğarbning liberal qadriyatlariga mos keladi. Xon Britaniya poytaxti merligi uçun 5 mayda ötkazilgan saylovda, ovoz beriş jarayonlari tarixidagi eng köp ovoz töplaşga muvaffaq bölib, şaharning ilk musulmon meri etib tayinlandi. 

"Ötgan payşanba kuni bölib ötgan saylovlar Islom va Ğarb qadriyatlari özaro mutanosib ekanini körsatdi. Mening özim, ham ğarblikman ham musulmon, bizlar barçamiz serqirra şaxslarmiz. Men londonlikman, men britaniyalikman, yevropalikman, otaman, turmuş örtoq va muslimman. Kelib çiqişim osiyolik, ya'ni Pokistondanman. Sport muxlisi ham. Bularning heç biri meni aniq ta'riflay olmaydi", — degan Sodiq Xon mahalliy va xorijiy jurnalistlar bilan ötkazgan muloqotida. 

Uning ta'kidlaşiça, musulmonligi sababli Islom va Ğarbning liberal  qadriyatlari mosligini eslatişni öz burçi, deb biladi. Ammo u buning uçun şahar merligiga kuraşmagan. 
"Men musulmonlar yetakçisi emasman, musulmonlarning rasmiy vakili ham emas. Men barça londonliklarning meriman", — deb qayd etgan Xon. 

"Men şundan xursandmanki, meni şahrim tarqoqlikdan köra birlikni tanladi. Bizning saylovoldi kampaniyamizda turli londonliklar iştirok etdi: yahudiylar, nasroniylar, musulmonlar, hindular, sikhlar va buddalar, şuningdek, biror dinga e'tiqod qilmaydiganlar, oqtanli-qoratanlilar, yoş-u qarilar qatnaşdi. Bu ajoyib kompaniya edi. Va bu şaharni biz London deb ataymiz", - deb e'tirof etgan Sodiq Xon.