14:29 / 12.05.2016
4488

Taraqqiy etgan davlatlarda abortlar soni keskin kamaydi

Har yili butun dunyo bo‘ylab 56 million martaga yaqin abortlar amalga oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda ularning soni tarixiy minimum darajaga tushgan. Bu Lancet jurnalida chop etilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan ko‘rinib turibdi. 

Agar 1990 yilda boy mamlakatlarda har ming nafar ayolga 46ta abort to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib bu ko‘rsatkich 27ta tushdi. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, abortlar sonining kamayishiga bevaqt homiladorlikdan saqlanish vositalari ommalashishi evaziga erishilgan. 

Shu o‘rinda, rivojlanayotgan mamlakatlarda abortlar soni bir xil darajada saqlanmoqda – har ming nafar ayolga taxminan 37ta abort. Statistikaga ko‘ra, noqonuniy bola oldirish amaliyotda bu raqamlarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi, chunki homiladorlikdan qutulishni istagan ayollarni abortning qonunga zid ekanligi to‘xtatib qololmaydi. 

Abortlar statistikasini dunyoda birinchi bo‘lib global tadqiq etish Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Norvegiya, shuningdek, AQShning bir necha tashkilotlari tomonidan moliyalashtirilgan. 

Tadqiqotchilar xulosasi bo‘yicha, har to‘rtinchi homiladorlik abort bilan yakun topadi. To‘rttadan uchta abortni oilali ayollar amalga oshiradi. 

Hududiy jihatdan olib qaralsa, eng ko‘p abortlar Karib dengizi orollari (har ming nafar ayolga 65 ta abort), eng kami esa Shimoliy Amerikada (har ming nafar ayolga 17 ta abort) sodir etiladi. 

Sharqiy Yevropada abortlar soni keskin kamayishiga erishildi, har ming nafar ayolga 88ta abortdan 42taga qisqardi. 

Izlanuvchilar keltirgan ma'lumotlarga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda taxminan 225 million ayol tug‘ilishni nazorat qilish imkoniga ega emas.

Top