Yevropa futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (UYeFA) Rossiya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa çempionatida rasmiy şiorini tasdiqladi. Unga köra «Bir kişi — hamma uçun, hamma — bir kişi uçun!» şiori ğalaba qozondi. 

Rasmiy şior UYeFA rasmiy saytida ötkazilgan sörovnomada muxlislar tomonidan berilgan ovozlar natijasida aniqlandi. Mazkur sörovnomada şuningdek «Yagona davlat, yagona oila, yagona jamoa» va «Bitta jamoa — millionlab uruvçi yuraklar» şiorlari ham nomzod sifatida qöyilgandi. 

RFI prezidenti Vitaliy Mutko ham aynan şu şiorga ovoz berganini ta'kidlab ötdi.«Bizda oliy darajadagi yulduzlar yöq. Şu sababdan ham asosiy e'tiborni jamoaviy öyinga qaratişimiz kerak böladi. Bu şior aynan şunga mos keladi», — deya «Çempionat.com»ga intervyu berdi Rossiya sport vaziri.